1.1 «Shlagbaumli temir yo'l kesishmasi» belgisi

1.1 Shlagbaumli temir yo'l kesishmasi
YHQ boʻyicha raqami
1.1
Guruh
Ogohlantiruvchi belgilar

Bu belgi aholi punktlarida yo‘lning temir yo‘l kesib o‘tgan qismidan 50 - 100 metr oldin masofada o‘rnatiladi. Bunday temir yo‘l kesishmalari shlagbaum harakatni tartibga soluvchi svetofor va tovush moslamasi bilan jihozlangan bo‘lib, kesishma orqali harakatlanishni temir yo‘l navbatchisi nazorat qiladi. «Shlagbaumli temir yo‘l kesishmasi» belgisi haydovchini yo‘lning o‘ta xavfli qismlari borligi haqida ogohlantirib, aholi punktlaridan tashqarida 150 - 300 metr oldin, shuningdek, xavf-xatarga 50 metrdan kam bo‘lmagan masofa qolganda takror o‘rnatiladi. Yo‘lning temir yo‘l kesishmasi o‘tgan qismidan, ehtiyot choralarini ko‘rgan holda, ruxsat berilganidan keyin o‘tishi kerak.

Shu guruhdagi boshqa belgilar