1.32 «Tirbandlik» belgisi

belgisi qizil hoshiyali uchburchak shaklida bo‘lib, uning markazida uchta mashinalar ketma-ket joylashgan holdagi tasviri tushirilgan.
«Tirbandlik» yo‘l belgisi yo‘l harakati ishtirokchilarini ta’mirlash ishlari sabali yoki boshqa sabablarga ko‘ra tirbandlik yuzaga keladigan yo‘l qismiga yaqinlashish haqida ogohlantiradi.
1.32 belgisi odatda, tirbandlik paydo bo‘lishi mumkin bo‘lgan yo‘l qismini chetlab o‘tish imkoni mavjud bo‘lgan chorrahadan oldin o‘rnatiladi. Ya’ni, aholi punktlarida: tirbandlik yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan hudud boshlanishidan 50 -100 metr oldin, aholi punktlaridan tashqarida: tirbandlik yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan hudud boshlanishidan 150 - 300 metr oldin.