1.4.4 «Temir yo’l kesishmasining yaqinligi haqida ogohlantirish» belgisi

1.4.1 – 1.4.6. "Temir yo'l kesishmasiga yaqinlashuv"
Ushbu yo'l belgilari aholi yashash joylaridan tashqarida, haydovchining temir yo'l kesishmalariga yaqinlashish darajasini ko'rsatadi va 1.1."Shlagbaumli temir yo'l kesishmasi" yoki 1.2."Shlagbaumsiz temir yo'l kesishmasi" yo'l belgilari bilan birgalikda o'rnatiladi. Bu yo'l belgilarining asosiy maqsadi, haydovchilarning temir yo'l kesishmalariga e'tiborini yanada kuchliroq qaratishdan iborat. Zarur holatlarda, keng yo'llarda ushbu yo'l belgilari qo'shimcha ravishda yo'lning chap tomoniga ham qo'yiladi. Haydovchi temir yo'l kesishmasiga yaqinlashayotganda tezlikni kamaytirishi kerak.