2.2 «Asosiy yo’lning oxiri» belgisi

"Asosiy yo'lning oxiri" imtiyoz belgisi asosiy yo'l tugaganligini va o'z navbatida shu yo'ldagi harakat qatnashchilarining chorrahadan birinchi o'tish huquqi bekor bo'lganini bildiradi. Haydovchi ushbu belgi o'rnatilgan joydan boshlab, yo'lning qiymati o'zgarishi haqida axborotga ega bo'lib transport vositasining tezligini kamaytirishi, shuningdek, barcha ehtiyot choralarini ko'rishi kerak.