3.25 «Yuqori tezlik cheklangan hududning oxiri» belgisi

3.25 Yuqori tezlik cheklangan hududning oxiri
YHQ boʻyicha raqami
3.25
Guruh
Taqiqlovchi belgilar

3.25 «Yuqori tezlik cheklangan hududning oxiri» belgisi qora hoshiyali doira shaklida bo‘lib, oq fonda kulrang rangda oldin o‘rnatilgan 3.24 belgidagi raqamlar ko‘rsatilgan va beshta ingichka dioganal chiziqlar chizilgan.

3.24 «Yuqori tezlik cheklangan» belgisi ta'sir oxirini ko‘rsatuvchi usullardan biri, bu 3.25 «Yuqori tezlik cheklangan hududning oxiri» belgisini o‘rnatish hisoblanadi. 3.25 «Yuqori tezlik cheklangan hududning oxiri» belgisi 3.24 «Yuqori tezlik cheklangan» belgisining ta'sirini keyingi chorrahagacha yoki aholi punktining oxirigacha davom ettirishga zarurat qolmagan holatlarda o‘rnatiladi.

Biroq tezlik chegarasining bekor qilinishi haydovchi o‘zi uchun qulay bo‘lgan istalgan tezlikda harakatlana oladi, degani emas, chunki yo‘llarda belgilangan tezlik chegaralari mavjud. Masalan, yengil avtomobillar va ruxsat etilgan to‘la vazni 3,5 tonnadan ortiq bo‘lmagan yuk avtomobillariga aholi punktlarida 70 km/soatdan oshirib, aholi punktlaridan tashqarida 100 km/soatdan yuqori, turar joy dahalarida esa 20 km/soatdan yuqori tezlikda harakatlanish taqiqlanadi. Turli toifadagi transport vositalari uchun yuqori tezlik ko‘rsatkichlari turli xil.

Har ikki yo‘nalishda harakatlanish uchun bir, ikki yoki uch tasmali yo‘llarda 3.25 belgisi faqat yo‘lning chap tomonida, qarama-qarshi yo‘nalishda harakatlanadigan transport vositalarining haydovchilari uchun mo‘ljallangan 3.24 belgisining teskari tomonida o‘rnatilishi mumkin.

«Yuqori tezlik cheklangan hududning oxiri» belgisi nafaqat yo‘lning chap tomoniga, balki o‘ng tomoniga ham o‘rnatilishi mumkin. Bu haydovchiga «Yuqori tezlik cheklangan» belgisining ta'siri tugaganligi to‘g‘risida tezda xabardor qilish uchun amalga oshiriladi.

Shu guruhdagi boshqa belgilar