3.34 «Individual harakatlanish vositalarini boshqarish taqiqlangan» belgisi

Belgi individual harakatlanish vositalarida — elektrosamokat, monog‘ildirak, segvey, giroskuter va shunga o‘xshash elektr dvigatelli qurilmalarda harakatlanishni taqiqlaydi.
U bunday harakat piyodalar uchun yoki vosita boshqaruvchisining o‘zi uchun xavfli bo‘lgan joylarda o‘rnatiladi. Belgining ta’sir doirasi undan keyingi eng yaqin chorrahagacha davom etadi.