4.7 «“Eng kam tezlik”. Faqat belgida ko‘rsatilgan yoki undan yuqori tezlikda (km/soat) harakatlanishga ruxsat etiladi.» belgisi

4.7 “Eng kam tezlik”. Faqat belgida ko‘rsatilgan yoki undan yuqori tezlikda (km/soat) harakatlanishga ruxsat etiladi.
YHQ boʻyicha raqami
4.7
Guruh
Buyuruvchi belgilar

4.7 «Eng kam tezlik» belgisi dumaloq shaklga va oq hoshiyali ko‘k fonga ega bo‘lib, belgi markazida oq rangli raqamlar joylashtirilgan.

«Eng kam tezlik» belgisi yo‘lda yoki qatnov qismining alohida harakatlanish tasmasida, faqat belgida ko‘rsatilgan yoki undan yuqori tezlikda (km/s) harakatlanishga ruxsat etilgan holatlarda qo‘llaniladi.

4.7 «Eng kam tezlik» belgisining ta’sir oralig‘i belgi o‘rnatilgan joydan boshlanib, keyingi chorrahagacha yoki aholi punkti oxirigacha davom etadi yoki 4.8 «Eng kam tezlik belgilangan yo‘lning oxiri» belgisi o‘rnatilgan joyda yakunlanadi.

4.7 belgisi ko‘pincha boshqa belgilar bilan birga, masalan, belgi aynan shu harakatlanish tasmasiga tegishliligini ko‘rsatuvchi 7.14 «Harakatlanish tasmasi» yoki belgi aynan qaysi turdagi transport vositalariga tegishliligini ko‘rsatuvchi 7.4.1—7.4.10 «Transport vositasining turi» qo‘shimcha axborot belgilari bilan birga qo‘llanilishi mumkin.

«Eng kam tezlik» belgisini butun yo‘l bo‘ylab yakka holda o‘rnatish faqat qo‘shimcha yo‘l mavjud bo‘lgan hollarda mumkin, chunki bu tartibda o‘rnatilgan belgi, sekin harakat qiluvchi transport vositalari (traktorlar, qishloq xo‘jaligi texnikalari, mopedlar, skuterlar va boshqa sekin harakat qiluvchi transport vositalari) harakatini cheklab qo‘yishi mumkin.

4.7 «Eng kam tezlik» belgisi shuningdek, 5.8.3 «Tasmaning boshlanishi» belgisida ko‘rsatilishi mumkin, bunday holatda belgi yo‘lning sekinlashish bo‘lagi yoki balandlikka ko‘tarilishdagi qo‘shimcha tasmaning boshlanish qismlarida, asosiy harakatlanish tasmasidagi belgilangan eng kam tezlikni ko‘rsatadi.

Shu guruhdagi boshqa belgilar