5.12 «“Avtobus va trolleybus to‘xtash joyi”.» belgisi

5.12 “Avtobus va trolleybus to‘xtash joyi”.
YHQ boʻyicha raqami
5.12
Guruh
Axborot-koʻrsatkich belgilari

Ushbu belgi jamoat transporti bekatlarini belgilaydigan joyni ko'rsatadi va shu erga o'rnatiladi. Bu belgi qo'yilgan joyda belgilangan yo'nalishdagi taksi, avtobus va trolleybuslargina to'xtashi mumkin. Boshqa transport vositalari ushbu belgi o'rnatilgan joylarda yo'lovchilarni chiqarish, tushirish uchun, jamoat transportiga xalaqit bermaslik sharti bilangina to'xtashlari mumkin. Boshqa hollarda, to'xtash joyidan 15 metrgacha bo'lgan masofada to'xtash va to'xtab turish taqiqlanadi.

Yo'nalishli transport vositalari to'xtaydigan bekatlardan yurish qoidasi buzilganda eng kam oylik ish haqining 0,5 baravari miqdorida ma'muriy javobgarlik belgilanadi.

Shu guruhdagi boshqa belgilar