5.20.1.1 «Yo’nalishlarning dastlabki ko’rsatkichi» belgisi

5.20.1. "Yo'nalishlarning dastlabki ko'rsatkichi"
Belgida aholi yashaydigan joy va boshqa manzillarga harakatlanish yo'nalishlari ko'rsatilgan. Unda 5.29.1. "Yo'l raqami" belgisi hamda avtomagistral, aeroport, sport obyektlari va boshqa ramziy tasvirlar tushirilgan bo'lishi mumkin. Agar belgidagi biron- bir yo'nalishda taqiqlovchi yo'l belgisining tasviri tushirilgan bo'lsa, ushbu talabga javob bermaydigan transport vositalari yo'lning shu qismini aylanib o'tishlari kerak bo'ladi. Belgining quyi qismida chorraha yoki tormozlanish bo'lagigacha bo'lgan masofa ko'rsatiladi. Ushbu belgilar axborot xarakteriga ega bo'lgani uchun, aholi yashaydigan punktlarda oq, avtomagistrallarda yashil, aholi yashash joylaridan tashqarida ko'k rangda bo'ladi.