5.30.1 «Yuk avtomobillari uchun harakatlanish yo’nalishi» belgisi

Ushbu belgi chorraha oldida o'rnatiladi. Yuk avtomobillari, traktorlar, o'zi yurar moslama va mexanizm haydovchilariga biror yo'nalishda harakatlanish taqiqlangan bo'lsa, ko'rsatilgan belgi bo'yicha to'g'riga yurishni ko'rsatadi va shu yo'l bo'yicha harakatlanishni tavsiya etadi. Belgi boshqa yo'llarga burilishni taqiqlamaydi, lekin o'rnatilgan belgiga amal qilmaslik, tez orada yuqorida aytib o'tilgan transport vositalarining harakatlanishini taqiqlaydigan belgiga olib chiqadi. Natijada, haydovchi orqaga qaytishga majbur bo'ladi.