5.5 «“Bir tomonlama harakatlanish yo‘li”. Transport vositalarining butun kenglik bo‘yicha bir yo‘nalishda harakatlanadigan yo‘li yoki uning qatnov qismi.» belgisi

5.5 “Bir tomonlama harakatlanish yo‘li”. Transport vositalarining butun kenglik bo‘yicha bir yo‘nalishda harakatlanadigan yo‘li yoki uning qatnov qismi.
YHQ boʻyicha raqami
5.5
Guruh
Axborot-koʻrsatkich belgilari

Bu belgi yo'l boshida o'rnatilib, shu yo'lning butun kengligi bo'yicha transport vositalarining faqat bir yo'nalishda harakatlanishini joriy qiladi. Ushbu belgi qo'yilgan yo'lda transport vositalarining orqaga qayrilishi taqiqlangan.

Qayrilish transport vositasining qarama-qarshi harakatlanish tasmasiga kirishi bilan tenglashtiriladi va ushbu qoidabuzarlik uchun eng kam oylik ish haqining 10 baravari miqdorida ma'muriy javobgarlikka tortiladi.

Bir tomonlama harakatlanish yo'lida hovli va yo'lga tutash boshqa yondosh hududlarga burilish mumkin. Bundan tashqari, aholi yashaydigan joylarda bir tomonlama harakatlanish yo'llarining chap tarafida to'xtash va to'xtab turishga ruxsat etiladi. Biroq, to'liq vazni 3,5 tonnadan ortiq bo'lgan yuk avtomobillari esa bunday yo'llarda faqatgina yuk ortish yoki tushirish uchun to'xtashi mumkin.

Shu guruhdagi boshqa belgilar