5.8.2.4 «5.8.2. “Bo‘lak bo‘yicha harakatlanish yo‘nalishi”. Bo‘lak bo‘yicha ruxsat etilgan harakatlanish yo‘nalishi.» belgisi

5.8.2. "Tasma bo'yicha harakatlanish yo'nalishi"
Belgida alohida tasma bo'yicha ruxsat etilgan harakatlanish yo'nalishi ko'rsatilgan. Yo'lning chetki chap tasmasidan chapga burilishga ruxsat beruvchi yo'l belgisi shu tasmadan orqaga qayrilishga ham ruxsat beradi. Chorrahadan oldin o'rnatilgan "Tasma bo'yicha harakatlanish yo'nalishi" yo'l belgisining ta'siri, agar shu turkumdagi boshqa belgilar o'rnatilmagan bo'lsa, butun chorraha uchun tatbiq etiladi. Belgi har bir yo'l tasmalaridagi harakatlanish yo'nalishini alohida belgi bilan ko'rsatadi. Bu belgilar keng maydon yoki ko'p tasmali yo'llarda qo'llaniladi va har bir yo'l tasmasi ustida alohida – alohida o'rnatiladi.