5.8.3.1 «Bo’lakning boshlanishi» belgisi

5.8.3. "Tasmaning boshlanishi"
Ushbu belgi yo'lning balandlikka ko'tarilish yoki sekinlashish qismidagi qo'shimcha yo'l tasmasining boshlanish joyini ko'rsatadi va shu yerga o'rnatiladi. Ushbu belgilar yo'lga qo'shimcha harakat bo'lagi kiritilganligi yoki tormozlanish tasmasi borligi haqida axborot beradi. Agar qo'shimcha tasma oldiga 4.7. "Eng kam tezlik" belgisi o'rnatilgan bo'lsa, belgida ko'rsatilgan yoki undan kattaroq tezlikda harakatlana olmaydigan transport vositasining haydovchisi asosiy tasmadan qo'shimcha tasmaga qayta tizilishi kerak.