6.3 «“Yonilg‘i shoxobchasi”.» belgisi

6.3 “Yonilg‘i shoxobchasi”.
YHQ boʻyicha raqami
6.3
Guruh
Servis belgilari

Bu belgi bevosita yonilg'i shaxobchasining oldida, belgida ko'rsatilgan masofada yoki manzilga burilish joyida o'rnatiladi. Transport vositasi haydovchilari ushbu belgi yordamida yaqin orada joylashgan yonilg'i quyish shaxobchasining manzilini bilib olishlari mumkin. Belgining quyi qismida manzilgacha bo'lgan masofa metrlarda ko'rsatiladi.

6.3.2. Avtomobillarga ko‘p tarmoqli yonilg‘i quyish shoxobchasi

yo‘l belgisi to‘rtburchak shakliga va ko‘k fonga ega bo‘lib, uning ichida ikkita qora va ko‘k to‘ldirish kalonkasi tasvirlangan oq kvadrat mavjud.

Yo‘l harakati qoidalarida haydovchilarni yo‘ldagi ko‘p tarmoqli yoqilg‘i quyish shoxobchasi joylashganligi to‘g‘risida xabardor qilish uchun 6.3.2 «Avtomobillarga ko‘p tarmoqli yonilg‘i quyish shoxobchasi» belgisi o‘rnatilishi belgilangan. Ya’ni avtomobillarga yoqilg‘i quyish shaxobchasining bu turida haydovchilar bir joyning o‘zida bir nechta, masalan benzin, gaz, dizel va boshqa yoqilg‘ilarni olishlari mumkin bo‘ladi.

Ushbu yo‘l belgisi to‘g‘ridan to‘g‘ri ushbu xizmat ko‘rsatish obyektida o‘rnatiladi. Yo‘l harakati qoidalarida 6.3.2 belgisi oldindan o‘rnatilishi mumkinligi ham belgilangan. Bunday holda, ushbu obyektgacha bo‘lgan masofa belgining pastki qismida (ko‘k fonda) ko‘rsatiladi. Bundan tashqari belgi ko‘p tarmoqli yoqilg‘i quyish shoxobchasi transport vositasining yo‘nalishi bo‘ylab emas, balki yo‘ldan tashqarida joylashgan holatlarda ishlatiladi. Bunday holda, «Avtomobillarga ko‘p tarmoqli yonilg‘i quyish shoxobchasi» belgisi obyektga eng yaqin chorrahada o‘rnatiladi. Belgining pastki qismida strelka yordamida obyekt yo‘nalishi ko‘rsatiladi va ko‘rsatilgan yo‘nalish bo‘yicha harakatlangan haydovchi oldinda avtomobillarga ko‘p tarmoqli yonilg‘i quyish shoxobchasini ko‘rishi mumkin bo‘ladi.

6.3.3. Elektromobillarni quvvatlash shaxobchasi

6.3.3 yo‘l belgisi to‘rtburchak shakliga va ko‘k fonga ega bo‘lib, uning ichida avtomobil va to‘ldirish kalonkasi tasvirlangan oq kvadrat mavjud. Yo‘l harakati qoidalarida haydovchilarni yo‘ldagi elektromobillarni quvvatlash shoxobchasi joylashganligi to‘g‘risida xabardor qilish uchun 6.3.3 «Elektromobillarni quvvatlash shaxobchasi» belgisi o‘rnatilishi belgilangan. Ushbu yo‘l belgisi to‘g‘ridan to‘g‘ri ushbu xizmat ko‘rsatish obyektida o‘rnatiladi.

6.3.3 belgisi oldindan o‘rnatilishi ham mumkin. Bunday holda, ushbu obyektgacha bo‘lgan masofa belgining pastki qismida (ko‘k fonda) ko‘rsatiladi. Bundan tashqari belgi bunday shaxobcha transport vositasining yo‘nalishi bo‘ylab emas, balki yo‘ldan tashqarida joylashgan holatlarda ishlatiladi. Bunday holda, «Elektromobillarni quvvatlash shaxobchasi» belgisi obyektga eng yaqin chorrahada o‘rnatiladi. Belgining pastki qismida strelka yordamida obyekt yo‘nalishi va ungacha bo‘lgan masofa ko‘rsatiladi.

Shu guruhdagi boshqa belgilar