6.7 «“Oshxona”.» belgisi

Bu belgi yo'l harakati qatnashchilariga yaqin orada joylashgan umumiy ovqatlanish joylari haqida axborot beradi. Belgi oshxona oldida, uning quyi qismida ko'rsatilgan masofada, yoki oshxona tomonga burilish joylarida o'rnatiladi. Uni asosan yirik shaharlarni bog'lovchi magistral yo'llarda uchratasiz. Demak, uzoq yo'lga chiqqan haydovchi yoki yo'lovchilar belgi o'rnatilgan joyda to'xtab, tamaddi qilib olishlari mumkin bo'ladi.