7.3.1 «Ta’sir yo’nalishlari» belgisi

7.3.1 Ta’sir yo’nalishlari
YHQ boʻyicha raqami
7.3.1
Guruh
Qoʻshimcha axborot taxtachalari

belgilari qora hoshiyali to‘g‘ri to‘rtburchak shaklda. To‘rtburchak markazida belgilarning ta’sir yo‘nalishini ko‘rsatuvchi qora strelkalar tasvirlangan. 7.3.1, 7.3.2, 7.3.3 «Ta’sir yo‘nalishlari» belgilari chorraha oldida o‘rnatilgan belgilarning ta’sir yo‘nalishini yoki bevosita yo‘l yaqinida joylashgan manzillarga harakatlanish yo‘nalishini ko‘rsatadi.

Belgilar bir biridan faqat strelka yo‘nalishi bilan farq qiladi. Boshqalari, ya’ni o‘rnatilish tartibi va haydovchilar uchun talablar bir hil.

«Ta’sir yo‘nalishlari» belgilari asosan taqiqlovchi, buyuruvchi, axborot-ko‘rsatkich belgilari bilan birga qo‘llanilishi mumkin, lekin ba’zan ogohlantiruvchi belgilar bilan birga ham ishlatilishi mumkin. 7.3.1, 7.3.2, 7.3.3 belgilari taqiqlovchi belgilar bilan qo‘llanilganda, cheklov aynan qaysi yo‘nalishga ta’sir qilishini, buyuruvchi va axborot-ko‘rsatkich belgilari bilan kelganda, o‘rnatilgan tartib aynan qaysi yo‘nalishga tegishliligini bildiradi. «Ta’sir yo‘nalishlari» belgilari boshqa asosiy belgilar bilan birgalikda chorrahalar (kesishmalar) oldiga o‘rnatiladi va asosiy belgilarning yo‘nalishini ko‘rsatadi. Boshqacha qilib aytganda, asosiy belgilarning ta’siri ushbu belgilar bilan ko‘rsatilgan yo‘nalishlarga amal qiladi.

Shu guruhdagi boshqa belgilar