1.17 «Tosh otilish xavfi» belgisi

Bu belgi aholi punktlarida 50 - 100 metr, aholi punktlaridan tashqarida esa, 150 - 300 metr masofada, yo‘lning ta'mirlash ishlari olib borilayotgan va transport vositasi g‘ildiragi ostidan shag‘al, tosh, shunga o‘xshash jismlarning otilib chiqish ehtimoli bor bo‘lgan joylari oldidan o‘rnatiladi. Yo‘lning bunday qismlarida haydovchi transport vositasining shikastlanishini oldini olish maqsadida, tezlikni kamaytirib, xavfsiz oraliq masofani saqlab borishi lozim.