4.1.1 «“Harakatlanish to‘g‘riga”.» belgisi

4.1.1 “Harakatlanish to‘g‘riga”.
YHQ boʻyicha raqami
4.1.1
Guruh
Buyuruvchi belgilar

Bu belgi yo'l kesishmasi oldida o'rnatiladi va transport vositalariga shu kesishmada faqat to'g'riga harakatlanishni buyuradi. Chapga yoki o'ngga burilish, shuningdek qayrilishga ruxsat etilmaydi. Lekin belgilangan yo'nalishli transport vositalariga, ya'ni avtobus, trolleybus, tramvay va yo'nalishli taksilarga bu belgining ta'siri yo'q. Belgi shuningdek yo'lning boshida ham o'rnatiladi. Bu holda uning buyrug'i keyingi chorrahagacha amal qiladi. Bunda yo'lning o'ng tomonida joylashgan hovli yoki yo'lga yondosh boshqa hududlarga kirishga ruxsat etiladi.

Shu guruhdagi boshqa belgilar