4.1.3 «“Harakatlanish chapga”.» belgisi

4.1.3 “Harakatlanish chapga”.
YHQ boʻyicha raqami
4.1.3
Guruh
Buyuruvchi belgilar

Ushbu belgi chorraha oldida o‘rnatiladi va transport vositalarining birinchi kesishmada faqat chap tomonga harakatlanishini buyuradi. Chapga burilishni ko‘rsatuvchi belgi orqaga qayrilishga ruxsat beradi, lekin o‘ngga yoki to‘g‘riga harakatlanish qat’iyan taqiqlanadi. Yo‘nalishli transport vositalariga, ya’ni avtobus, trolleybus, tramvay va marshrut taksilariga belgi ta’sir qilmaydi.

Yo‘l belgilari talablarini buzgan haydovchi 0,5 bazaviy hisoblash miqdori (BHM) miqdorida ma’muriy javobgarlikka tortiladi.

Shu guruhdagi boshqa belgilar