5.15.1 ««Pullik to‘xtab turish joyi».» belgisi

5.15.1 «Pullik to‘xtab turish joyi» belgisi qora hoshiyali to‘g‘ri to‘rtburchak shaklda. To‘rtburchak markazida sariq fonda lotin yozuvidagi «R» harfi tasvirlangan.
5.15.1 «Pullik to‘xtab turish joyi» belgisi maxsus ajratilgan, ochiq yoki yopiq maydonchada, transport vositalarining to‘xtab turish joyi pullik bo‘lgan joylarga o‘rnatiladi.
Asosan bozorlar, supermarketlar, aeroportlar, vokzallar va shunga o‘xshash transport vosilarini to‘xtab turish zarurati yuqori bo‘lgan hududlarda, davlat, xususiy yoki davlat-xususiy mulkchiligi asosida qo‘shimcha qulayliklarga ega bo‘lgan pullik to‘xtab turish joylari tashkil qilinishi mumkin. Bunday joylarda, to‘xtab turish narxini hisob-kitob qiluvchi maxsus parkomatlar (Parkomat – bu mashina to‘xtash joyida bo‘lgan vaqt uchun mablag‘larni hisoblash va olishni ta’minlaydigan avtomatik qurilma. Qurilmaning turiga qarab, avtoturargoh foydalanuvchisi to‘xtab turishning davomiyligi va to‘lov usulini mustaqil tanlash imkoniyatiga ega.) o‘rnatilishi yoki hisob kitob maxsus nazoratchi orqali amalga oshirilishi mumkin.