5.17.1 «Piyodalarning yer ostidan o’tish joyi» belgisi

5.17.1 Piyodalarning yer ostidan o’tish joyi
YHQ boʻyicha raqami
5.17.1
Guruh
Axborot-koʻrsatkich belgilari

17.1, 5.17.2. "Piyodalarning er ostidan o'tish joyi"

Bu yo'l belgilari piyodalarning er ostidan o'tish joylarini ko'rsatadi. Serqatnov ko'chalarda piyodalarning xavfsizligini, shu bilan birga, yo'l – transport hodisalarining oldini olish va yo'llarning o'tkazuvchanligini oshirish maqsadida bunday er osti yo'laklari quriladi va ushbu belgilar o'rnatilgan joylarda piyodalar o'z xavfsizliklarini ta'minlash maqsadida er ostidan o'tishlari shart.

5.17.1 belgisi yo'lning chap tomonidan, 5.17.2 belgisi o'ng tomonidan er osti yo'lagagi tushishni ko'rsatadi.

5.17.3, 5.17.4. "Piyodalarning er ustidan o'tish joyi"

Bu yo'l belgilari piyodalarning er ustidan o'tish joylarini ko'rsatadi. Serqatnov ko'chalarda piyodalarning xavfsizligini ta'minlash, shu bilan birga, yo'l – transport hodisalarining oldini olish va yo'llarning o'tkazuvchanligini oshirish maqsadida o'rnatiladi. Piyodalar belgi o'rnatilgan joylarda faqat er usti o'tish joyidan o'tishlari shart.

Bunda 5.17.3. belgisi yo'lning chap tomoniga, 5.17.4. belgisi esa yo'lning o'ng tomoniga o'rnatiladi.

Shu guruhdagi boshqa belgilar