5.47 ««Turizm obyektlari yo‘nalish ko‘rsatgichi»» belgisi

5.47 «Turizm obyektlari yo‘nalish ko‘rsatgichi» belgisi to‘g‘ri to‘rtburchak shaklda bo‘lib, jigarrang fonda, chap tomonda turizm obyektlariga tegishli piktogramma tasviri, markazda turizm obyekti nomi o‘zbek va ingliz tillarida yozilgan va o‘ng tomonida turizm obyekti yo‘nalishi ko‘rsatilgan.
5.47 «Turizm obyektlari yo‘nalish ko‘rsatgichi» belgisi turizm obyektlari joylashgan manzillarga harakatlanish yo‘nalishlarini bildiradi. Belgilarda manzillargacha bo‘lgan masofa (km) ko‘rsatilishi, temir yo‘l vokzallari, aeroportlar va boshqa turizm obyektlari ramziy belgilari tasvirlangan bo‘lishi mumkin.
5.47 «Turizm obyektlari yo‘nalish ko‘rsatgichi» belgisi ayeroportlar, vokzallar, me’moriy yodgorliklar, tarixiy obidalar, masjid yoki ibodatxonalar, dam olish maskanlari kabi turli turistik obyektlar yo‘nalishi yoki yo‘lni ko‘rsatadi. Ushbu turdagi belgilarning asosiy maqsadi turistlarga notanish erlarda harakat qilishda yordam berishdir.
Jigarrang fondagi «Turizm obyektlari yo‘nalish ko‘rsatgichi» belgisi, asosan, chet ellik sayyohlar o‘tadigan yo‘llarga o‘rnatish uchun mo‘ljallangan. Bunday belgilardagi, infratuzilmalar va geografik obyekt nomlari, chet ellik turistlarga tushinarliroq bo‘lishi uchun, ingliz tilida ham takrorlanadi.