5.20.4 «Yo‘llarining bir sathda kesishmaydigan qismlarida burilish yoki qayrilib olish yo‘nalish ko‘rsatkichi» belgisi

Belgi qatnov qismlari bir sathda kesishmaydigan yo‘llarda chapga burilish yoki qayrilish joyiga qaysi yo‘nalishda borishni ko‘rsatadi.
Bunday yo‘lda chapga burilish va qayrilish bevosita amalga oshirilmaydi: buning uchun oldinga yurib, belgida ko‘rsatilgan yo‘nalishdagi tushish yo‘li yoki ayrilmadan foydalanish kerak.