5.48 «Baland piyodalar o‘tish joyi» belgisi

Belgi sun’iy do‘nglik ustida tashkil etilgan piyodalar o‘tish joyini bildiradi: o‘tish joyida yo‘lning qatnov qismi trotuar sathigacha ko‘tarilgan bo‘ladi.
Belgi 5.16.1 va 5.16.2 «Piyodalar o‘tish joyi» belgilari bilan birga qo‘llaniladi. Bunday o‘tish joyiga yaqinlashganda haydovchi tezlikni kamaytirishi va piyodalarga yo‘l berishi shart.