7.9 «To’xtab turish muddati cheklangan» belgisi

7.9 To’xtab turish muddati cheklangan
YHQ boʻyicha raqami
7.9
Guruh
Qoʻshimcha axborot taxtachalari

belgisi qora hoshiyali to‘g‘ri to‘rtburchak shaklda. To‘rtburchak markazida vaqt chegarasini ko‘rsatuvchi son va lotin alifbosida “daq” yozuvi ko‘rsatilgan.

7.9 «To‘xtab turish muddati cheklangan» belgisi 5.15 «To‘xtab turish joyi» belgisi bilan birga avtomobilning qisqa muddatli ommaviy tashrif buyuradigan obyektlardagi to‘xtash joyida maksimal to‘xtab turish muddatini ko‘rsatish uchun ishlatiladi.

Jamoat obyektlari atrofidagi hududlarga, birinchi navbatda, avtomobil bilan tashrif buyuruvchilar tomonidan talab katta bo‘ladi.

Sport inshootlari, kinoteatrlar, savdo majmualari va boshqa obyektlar atrofi ba’zan nafaqat tashrif buyuruvchilar oqimi sababli, balki ular boshqarib kelgan transport vositalari sababli ham tirband bo‘ladi.

To‘xtash joylaridan optimal foydalanish va ulardagi transport vositalari sonini tartibga solish uchun «To‘xtab turish joyi» belgisi va «To‘xtab turish muddati cheklangan» belgilari birgalikda qo‘llaniladi.

Belgilar haydovchiga transport vositalarini belgilangan joylarda to‘xtashning maksimal muddatini ko‘rsatadi. Boshqacha aytganda, haydovchiga belgilar bilan belgilangan va to‘xtash uchun ajratilgan vaqtdan oshib ketishi qat’iyan man etiladi.

Ushbu cheklov jamoat obyektlari yaqinidagi avtoturargohlarning optimal ishlashini ta’minlaydi..

Shu guruhdagi boshqa belgilar