7.10 «Avtomobillarni ko’rikdan o’tkazish joyi» belgisi

7.10 Avtomobillarni ko’rikdan o’tkazish joyi
YHQ boʻyicha raqami
7.10
Guruh
Qoʻshimcha axborot taxtachalari

7.10 «Avtomobillarni ko‘rikdan o‘tkazish joyi» belgisi qora hoshiyali to‘g‘ri to‘rtburchak shaklda. To‘rtburchak markazida estakada ustida turgan qora rangli yengil avtomobil tasvirlangan.

7.10 «Avtomobillarni ko‘rikdan o‘tkazish joyi» belgisi 5.15 «To‘xtab turish joyi» yoki 6.11 «Dam olish joyi» belgisi bilan ko‘rsatilgan maydonlarda estakada yoki ko‘zdan kechirish chuqurchalari borligini bildiradi.

Yuqori tezlikda harakatlanish uchun mo‘ljallangan yo‘llarda yoki uzoq masofalarga sayohat qilganda, haydovchi o‘z transport vositasining nosozliklari bilan bog‘liq muammolarga tayyor bo‘lishi kerak.

Bundan tashqari, xuddi shu nosozliklar jiddiy yoki unchalik jiddiy bo‘lmasligi mumkin.

Agar dvigatel ishlamay qolsa yoki osmalar ishdan chiqsa, bunday holatda tezkor ta’mirlash yordam bermaydi. Ko‘pincha, ushbu holatda avtomobillarga texnik xizmat ko‘rsatish bo‘yicha mutaxassislarning xizmatlariga murojaat qilish kerak bo‘ladi.

Lekin, shunday vaziyatlar ham bo‘lishi mumkinki, nosozliklar kichik va ahamiyatsiz bo‘ladi, ularni ko‘zdan kechirish chuqurchalariga borish orqali mustaqil ravishda bartaraf qilish mumkin. Aynan shunday holatlarda 7.10 belgisi, u bilan birga o‘rnatilgan belgilar bilan birgalikda, yo‘lda ko‘zdan kechirish chuqurchalari mavjudligi haqida axborot beradi.

Shuningdek, xaydovchilar bunday joylarda, nafaqat qandaydir nosozliklarni ta’mirlash, balki bo‘lishi mumkin bo‘lgan nosozliklarning oldini olish uchun ham, avtomobillarini ko‘zdan kechirishlari mumkin.

Yana shuni ham hisobga olish kerakki, ushbu belgilarning 6.4 belgisidan farqi, «Avtomobillarni ko‘rikdan o‘tkazish joyi» belgisi, o‘zi bilan o‘rnatilgan belgilar bilan birgalikda, faqat avtomobillarni ko‘zdan kechirish chuqurchalari mavjudligi haqida axborot beradi va bunda ta’mirlash ishlari bilan haydovchining o‘zi shug‘ullanishi kerak. 6.4 «Avtomobillarga texnik xizmat ko‘rsatish joyi» belgisi bilan belgilangan joylarda esa, ta’mirlash ishlari bilan shug‘ullanuvchi maxsus mutaxassislar va maxsus ajratilgan joylar bo‘ladi.

Shu guruhdagi boshqa belgilar