1.12.2 «Xavfli burilishlar» belgisi

Ushbu belgilar transport vositasi harakatlanayotgan yo'lda ketma-ket bir nechta xavfli burilishlar borligi haqida haydovchini ogohlantiradi.Ular yo‘lning xavfli burilishlari oldidan, aholi punktlarida 50- 100 metr masofada aholi punktlaridan tashqarida 150 - 300 metr masofada o‘rnatiladi. Haydovchi yo‘lning bunday qismlaridan tezlikni kamaytirib, ehtiyot choralarini ko‘rib, harakatlanishi lozim.