1.13 «Tik nishablik» belgisi

Bu belgi aholi punktlarida 50 - 100 metr masofada, aholi punktlaridan tashqarida 150 - 300 metr masofada, yo‘lning tik nishablik ya'ni pastlik qismi oldidan o‘rnatiladi va haydovchini harakatlanish yo‘lida tik nishablik borligi haqida ogohlantiradi. Haydovchi yo‘lning bunday qismlaridan tezlikni kamaytirib, albatta, uzatmalar qutisini ulagan holda, harakatlanishi shart. Aks holda, avtomobilь o‘zining og‘irligi bilan qiyalikda inertsiya kuchini vujudga kelishi va ortiqcha tezlanish olishi, natijada uni tormoz tizimi bilan to‘xtatib bo‘lmay qolishi imkoniyati ortib ketadi. Oqibatda yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lishiga olib kelishi mumkin