1.19 «Ikki tomonlama harakatlanish» belgisi

Bu belgi aholi punktlarida 50 - 100 metr, aholi punktlaridan tashqarida esa, 150 - 300 metr masofada, yo‘lning bir taraflama harakatlanishi tashkil qilingan qismi tugab, qarama-qarshi harakatlanish qismi boshlanishi oldidan o‘rnatiladi va haydovchini bu haqda ogohlantiradi. Transport vositalari egalari bunday paytda ziyraklikni oshirib, qarama-qarshi harakat qismiga chiqib ketishning oldini olishlari zarur.