1.21 «Bolalar» belgisi

1.21 Bolalar
YHQ boʻyicha raqami
1.21
Guruh
Ogohlantiruvchi belgilar

Bu belgi haydovchini bolalar muassasalariga, jumladan bog‘cha, maktab va bolalar oromgohi kabi joylarga yaqinlashayotganligi va yo‘lning bu qismidan har daqiqada bolalar chiqib qolishi ehtimoli borligi haqida ogohlantiradi. Bunday vaziyatda haydovchi yo‘lning mazkur xavfli qismidan ehtiyotkorlik bilan o‘tishi kerak. Belgi aholi punktlarida 50 -100 metr masofada o‘rnatiladi. Aholi punktlaridan tashqarida esa yo‘lning xavfli qismidan 150 - 300 metr oldin, hamda 50 metrdan kam bo‘lmagan masofada takroran o‘rnatiladi.

Shu guruhdagi boshqa belgilar