3.12 «O‘qqa tushadigan og‘irlik cheklangan» belgisi

3.12 O‘qqa tushadigan og‘irlik cheklangan
YHQ boʻyicha raqami
3.12
Guruh
Taqiqlovchi belgilar

Bu belgi avtomobil yo'llarining qoplamasi yupqa bo'lgan qismlari oldida o'rnatiladi. Yo'l qoplamasiga og'ir transport vositalari zarar yetkazmasligi uchun, birorta o'qiga tushadigan haqiqiy og'irligi yo'l belgisida ko'rsatilganidan yuqori bo'lgan barcha transport vositalarining harakatlanishini taqiqlaydi. Bu belgiga rioya qilishda haydovchilar transport vositalarining tasnifiga ko'ra, yengil avtomobillarda haqiqiy og'irligi ikki o'qqa shartli ravishda teng taqsimlanishini, ikki o'qli yuk avtomobillarda esa, haqiqiy og'irligini oldingi o'qqa 1/3, orqa o'qqa 2/3 qismi tushishini va uch o'qli avtomobillarda esa, haqiqiy og'irlik uchala o'qqa teng taqsimlanishini bilishlari kerak.

Shu guruhdagi boshqa belgilar