3.13 «Cheklangan balandlik» belgisi

Ushbu belgi balandligi cheklangan tonnel, ko'prik, estakadalar, yuqori kuchlanishli elektr toki o'tkazgichlari va turli kommunikatsion qurilmalar ostidan o'tgan yo'llar oldida o'rnatiladi. Gabarit balandligi belgida ko'rsatilgandan ortiq bo'lgan transport vositalarining harakatlanishini taqiqlaydi.
Eslatib o'tamiz, belgi bo'lmagan taqdirda, yo'l harakati qoidasiga ko'ra, transport vositalarining ruxsat etilgan gabarit balandligi 4 metr qilib belgilangan.
Transport vositasining gabarit balandligini hisobga olmay, taqiqlangan yo'ldan harakatlanishi yo'l inshootlariga shikast yetkazishi, yuqori kuchlanishli elektr toki o'tkazgichlarini uzib yuborishi va boshqa qator ko'ngilsizliklarni keltirib chiqarishi mumkin.