3.14 «Cheklangan kenglik» belgisi

Ushbu belgi tor yo'lak, tonnel, ko'prik va estakadalar oldida o'rnatiladi hamda gabarit kengligi belgida ko'rsatilganidan ortiq bo'lgan transport vositalarining harakatini taqiqlaydi.
Gabarit kengligi tor yo'llardan yurish imkoniyatini bermaydigan transport vositalarining ushbu belgiga amal qilmasligi oqibatida yo'l inshootlariga shikast yetishi, boshqa transport vositalari harakatiga xavf solishi mumkin.
Tegishli ruxsatnomasi bo‘lmay turib yirik gabaritli transport vositalari bilan yo‘lga chiqish yoki ruxsatnomada ko‘rsatilgan harakat yo‘nalishidan chetga chiqish taqiqlanadi.