3.7 «Tirkama bilan harakatlanish taqiqlangan» belgisi

3.7 Tirkama bilan harakatlanish taqiqlangan
YHQ boʻyicha raqami
3.7
Guruh
Taqiqlovchi belgilar

Bu belgi tirkamali transport vositalari, avtopoyezdlarning harakatlanishi va manyovr qilishi qiyin bo'lgan tor ko'chalar oldida o'rnatiladi.Yuk tashuvchi transport vositalari, traktorlarning barcha turdagi tirkamalar bilan harakatlanishi, shuningdek, mexanik transport vositalarining har qanday usul bilan shatakka olib harakatlanishini taqiqlaydi.Belgining tirkamali yengil avtomobillarga, ta'sir oralig'idagi hududga xizmat ko'rsatayotgan va istiqomat qilayotganlarning tirkamali transport vositalariga daxli yo'q.Ushbu tirkamali transport vositalari belgilangan joyga yaqin chorrahadan kirib yoki chiqib ketishlari kerak.

Shu guruhdagi boshqa belgilar