3.5 «Mototsikllar harakatlanishi taqiqlangan» belgisi

Yo'lning ma'lum bir qismlariga o'rnatilgan bu belgi barcha turdagi motosikllarning harakatini taqiqlaydi, ammo u ta'sir oralig'ida yashovchi va shu hududga xizmat qiluvchi motosikllarga daxldor emas. Serqatnov yo'llarda motosikllarning transport vositalari harakatiga xalaqit berishining oldini olish va ortiqcha shovqindan saqlanish maqsadida ushbu yo'l belgisi o'rnatiladi.. Ushbu mototsikllar belgilangan joyga yaqin chorrahadan kirib yoki chiqib ketishlari kerak.