3.4 «Yuk avtomobillarining harakatlanishi taqiqlangan» belgisi

3.4 Yuk avtomobillarining harakatlanishi taqiqlangan
YHQ boʻyicha raqami
3.4
Guruh
Taqiqlovchi belgilar

Bu belgi transport vositalarining to'la vazni ko'rsatilgan yoki ko'rsatilmagan shakl ko'rinishida bo'ladi. Agar belgida vazni ko'rsatilmagan bo'lsa, to'la vazni 3,5 tonnadan ortiq bo'lgan yuk avtomobillari va tizimli transport vositalari, traktorlar, o'zi yurar mashina hamda mexanizmlarning ushbu belgi o'rnatilgan yo'llarda harakatlanishi taqiqlanadi. Bu belgi bortlariga oq qiya chiziq tortilgan maxsus yuk avtomobillari, yuk taksilari, odamlarni tashiyotgan, shuningdek, shu belgi ta'sir doirasida xizmat ko'rsatayotgan yuk avtomobillarining harakatlanishini taqiqlamaydi Ushbu yuk avtomobillari belgilangan joyga yaqin chorrahadan kirib yoki chiqib ketishlari kerak.

Shu guruhdagi boshqa belgilar