3.1 «Kirish ta'qiqlangan» belgisi

"Kirish taqiqlangan" belgisi qo'yilgan joyga transport vositalarining kirishi taqiqlanadi. Ya'ni, ushbu belgi bir tomonlama harakat tashkil qilingan yo'llarda qarama-qarshi harakatni bekor qiladi. 3.1. belgisi o'rnatilgan joylarga faqat belgilangan yo'nalishdagi jamoat transportlari – avtobus, trolleybus, tramvay va yo'nalishli taksilargina kirishi mumkin.Boshqa transport vositalari haydovchilarini yo‘lning qarama-qarshi harakatlanish uchun mo‘ljallangan tomoniga yoki bo‘lagiga kirishi taqiqlanadi. Chunki avariya holatini yuzaga keltiradi.