3.2 «Harakatlanish ta'qiqlangan» belgisi

3.2 Harakatlanish ta'qiqlangan
YHQ boʻyicha raqami
3.2
Guruh
Taqiqlovchi belgilar

Bu belgi o'rnatilgan joylarda barcha turdagi transport vositalarining harakati taqiqlanadi. Bu yo'l belgisi transport vositalarining harakatini cheklash maqsadida, dam olish maskanlari, umumfoydalanadigan hovlilar va yo'lning zarur bo'lgan boshqa qismlari oldida o'rnatiladi.Ushbu belgining belgilangan yo'nalishli jamoat transport vositalari, ya'ni avtobus, trolleybus, tramvay va yo'nalishli taksilar, nogironlar boshqaradigan motokolyaska, shu hududdagi korxonalarga xizmat ko'rsatuvchi transport vositalari, yengil va yuk taksilari, shuningdek, belgi ta'siri oralig'ida yashovchilarning transport vositalariga daxli yo'q. Ushbu transport vositalari belgilangan joyga yaqin chorrahadan kirib yoki chiqib ketishlari kerak.

Shu guruhdagi boshqa belgilar