3.3 «Mexanik transport vositalarining harakatlanishi taqiqlangan» belgisi

3.3 Mexanik transport vositalarining harakatlanishi taqiqlangan
YHQ boʻyicha raqami
3.3
Guruh
Taqiqlovchi belgilar

Barcha turdagi mexanik transport vositalarining harakatlanishini taqiqlovchi bu belgi yashil hududlar, istirohat bog'lari kabi maskanlarning ekologiyasini asrash maqsadida o'rnatiladi. Lekin bu belgining ot-arava, velosiped, moped va belgilangan yo'nalishli jamoat transport vositalari, shuningdek nogironlar boshqaradigan motokolyaska, shu hududdagi korxonalarga xizmat ko'rsatuvchi transport vositalari, yengil va yuk taksilari, shuningdek, belgi ta'siri oralig'ida yashovchilarning transport vositalariga daxli yo'q. Ushbu transport vositalari belgilangan joyga yaqin chorrahadan kirib yoki chiqib ketishlari kerak.

Shu guruhdagi boshqa belgilar