4.2.3 «“To‘siqni o‘ngdan yoki chapdan chetlab o‘tish”. To‘siqni har tomondan chetlab o‘tishga ruxsat etiladi.» belgisi

4.2.3 “To‘siqni o‘ngdan yoki chapdan chetlab o‘tish”. To‘siqni har tomondan chetlab o‘tishga ruxsat etiladi.
YHQ boʻyicha raqami
4.2.3
Guruh
Buyuruvchi belgilar

4.2.1 va 4.2.2 belgilaridan farqli ravishda 4.2.3. «To‘siqni o‘ngdan yoki chapdan chetlab o‘tish» belgisi, to‘siqni chetlab o‘tishning qat’iy yo‘nalishini ko‘rsatmasdan uni o‘ng yoki chapdan chetlab o‘tishga ruxsat beradi va bunda to‘siqni qaysi yo‘nalishdan chetlab o‘tish haydavchi xoxishiga bog‘liq.

Ko‘pincha ushbu belgi yo‘ldagi ta’mirlash ishlari qatnov qismi o‘rtasida amalga oshirilayotgan holatlarda ishlatiladi. Shuningdek belgi, temir-beton va temir to‘siqlarni, ko‘priklar va yo‘l o‘tkazgichlar ustunlarini chetlab o‘tish yo‘nalishini ko‘rsatish maqsadida o‘rnatilishi mumkin.

Shu guruhdagi boshqa belgilar