4.4 «“Engil avtomobillar harakatlanadi”. Engil transport vositalari, avtobus, mototsikllar, to‘la vazni 3,5 tonnadan oshmaydigan yuk tashuvchi transport vositlarining harakatlanishiga ruxsat etiladi.» belgisi

Bu belgi ta'sir doirasida yengil avtomobillar, avtobuslar, motosikllar va to'la vazni 3,5 tonnagacha bo'lgan yuk avtomobillarning harakatlanishiga ruxsat etiladi. Belgi aholi zich, harakat tig'iz bo'lgan madaniy – maishiy markazlarda, ortiqcha transport vositalarining harakatini cheklash maqsadida o'rnatiladi.
Yo'l belgisi qoidasini buzgan haydovchi eng kam oylik ish haqining 0,5 baravari miqdorida ma'muriy javobgarlikka tortiladi.