4.3 «“Aylanma harakatlanish”. Yo‘naltirgichlarda ko‘rsatilgan yo‘nalishlarda harakatlanishga ruxsat etiladi.» belgisi

4.3 “Aylanma harakatlanish”. Yo‘naltirgichlarda ko‘rsatilgan yo‘nalishlarda harakatlanishga ruxsat etiladi.
YHQ boʻyicha raqami
4.3
Guruh
Buyuruvchi belgilar

Yo‘l belgisi aylanma harakatli chorrahaga (maydonga) kirishda o‘rnatiladi. Bu belgi chorrahada transport vositalarining aylanma harakatini tashkil qilishda harakatni faqat yo‘naltirgichlarda ko‘rsatilgan yo‘nalishlarda harakatlanishga ruxsat etilishini bildiradi.

Bunda aylanma harakatlanish chorrahasida harakatlanayotgan transport vositalari aylanma harakatlanish chorrahasiga kirib kelayotgan transport vositalariga nisbatan ustunlikka (imtiyozga) ega hisoblanadi.

Shu guruhdagi boshqa belgilar