5.10.1 «Belgilangan yo’nalishli transport vositalari uchun bo’lagi bor yo’l» belgisi

5.10.1 Belgilangan yo’nalishli transport vositalari uchun bo’lagi bor yo’l
YHQ boʻyicha raqami
5.10.1
Guruh
Axborot-koʻrsatkich belgilari

Bu belgi belgilangan yo'nalishli transport vositalarining umumiy oqimga qarshi harakatlanishi uchun ajratilgan bo'lakni ko'rsatadi. Belgi o'rnatilgan yo'lning chetki chap bo'lagida belgilangan yo'nalishli transport vositalari umumiy oqimga qarshi harakatlanadi.

Bu yo'l bo'lagi boshqalaridan sidirg'a chiziq bilan ajratilib, unga boshqa transport vositalarining kirishi taqiqlanadi. Jamoat transporti harakatlanadigan qarama-qarshi bo'lakka chiqqan haydovchi eng kam ish haqining 10 baravari miqdorida ma'muriy javobgarlikka tortiladi.

Shu guruhdagi boshqa belgilar