5.9 «Belgilangan yo’nalishli transport vositalari uchun mo’ljallangan bo’lak» belgisi

5.9 Belgilangan yo’nalishli transport vositalari uchun mo’ljallangan bo’lak
YHQ boʻyicha raqami
5.9
Guruh
Axborot-koʻrsatkich belgilari

Bu belgi belgilangan yo'nalishli transport vositalari uchun mo'ljallangan tasmani ko'rsatadi. Belgi qaysi yo'l bo'lagi ustida joylashgan bo'lsa, shu tasmaga tegishli bo'ladi. Yo'lning serqatnov qismlarida jamoat transportlariga qulaylik yaratish maqsadida tashkil qilingan bunday yo'l tasmalari boshqalaridan sidirg'a chiziq bilan ajratilganda, unga boshqa transport vositalarining kirishi taqiqlanadi. Haydovchilar yo'lovchi tushirish yoki olish hamda o'ngga burilish uchun ushbu yo'l tasmasining uzuq-uzuq chiziqchalar bilan chegaralangan joyidan unga kirib va chiqishlariga ruxsat etiladi.

Yo'nalishli transport vositalari to'xtaydigan bekatlardan yurish yoki yo'l belgisi qoidasi buzilsa, eng kam oylik ish haqining 0,5 baravari miqdorida ma'muriy javobgarlik belgilanadi.

Shu guruhdagi boshqa belgilar