5.8.8 «Bo’laklar bo’yicha harakatlanish yo’nalishi» belgisi

Bu belgi uch tasmali ikki tomonlama harakat tashkil qilingan yo'llarda harakat tartibini belgilaydi. "Tasmalar bo'yicha harakatlanish yo'nalishi" yo'l belgilari yo'nalishlar soniga ko'ra to'rt va undan ortiq tasmali yo'llarga ham tatbiq etilishi mumkin. Uch tasmali ikki tomonlama harakat tashkil qilingan yo'llarda tasviri almashuvchanlik xususiyatiga ega bo'lgan 5.8.8. yo'l belgisi yordamida reversiv harakat tashkil etilishi mumkin. Agar "Tasmalar bo'yicha harakatlanish yo'nalishi" yo'l belgilari bo'lmasa, haydovchi o'rta tasmani ikkala tomondan quvib o'tishga mo'ljallangan tasma, deb qabul qilishi kerak.
Yo'l belgilari talabiga rioya qilmaslik bazaviy hisoblash miqdorining 0,5 baravari miqdorida jarima belgilanishiga sabab bo'ladi.