1.30 «Boshqa xavf-xatar» belgisi

belgisi ogohlantiruvchi belgilar uchun odatiy bo‘lgan rang va shaklga ega: qora rangli undov belgisi tasvirlangan qizil hoshiyali oq uchburchak. 1.30 «Boshqa xavf-xatarlar» yo‘l belgisi yo‘l harakati qatnashchilarini boshqa ogohlantiruvchi yo‘l belgilarida nazarda tutilmagan xavfli yo‘l qismiga yaqinlashayotganlik haqida ogohlantiradi. Belgi borasida, haydovchiga aniq tavsiyalar mavjud emas, chunki bu vaziyatda hamma narsa o‘ziga xos yo‘l holatiga bog‘liq. Shu bilan birga, tezlikni kamaytirish, diqqatni, hushyorlikni oshirish va turli xil kutilmagan hodisalarga tayyor bo‘lish tavsiya yetiladi.
Bo‘lishi mumkin bo‘lgan xavf haqida ogohlantiruvchi ushbu belgi ta’sir oralig‘ida haydovchidan hech qanday aniq harakatlar qilish talab etilmaydi, u iloji boricha yehtiyot bo‘lishi kerak.