1.29 «Tonnel» belgisi

1.29 Tonnel
YHQ boʻyicha raqami
1.29
Guruh
Ogohlantiruvchi belgilar

1.29 «Tunnel» belgisi ogohlantiruvchi belgilarning odatiy ko‘rinishi kabi qizil hoshiyali oq uchburchak shakliga ega bo‘lib, uning markazida tunnelning sxematik tasviri joylashgan.

«Tunnel» belgisi kirish peshtog‘ining (tunel boshlanishi) ko‘rinishi cheklangan, tabiiy yoritish imkonsiz bo‘lgan, sun’iy yoritilgan yoki yoritilmagan, uzoq cho‘zilgan tunnellarga yaqinlashayotganlik haqida ogohlantirish uchun o‘rnatiladi.

Agar tunnelga kirishda uning qarama – qarshi tomoni ko‘rinmasa, 1.29 belgisi bilan 7.2.1 «Ta’sir oralig‘i» belgisi qo‘llanilishi mumkin.

«Tunnel» yo‘l belgisini ko‘rgan haydovchi tezlikni kamaytirishi va tunnellarda harakatlanish bilan bog‘liq yo‘l harakati qoidalariga amal qilishi shart.

Agar ushbu belgini boshqa masofaga o‘rnatish zarurati tug‘ilsa, u belgilangan tartibda tunnelgacha bo‘lgan aniq masofani ko‘rsatadigan 7.1.1 «Obyektgacha bo‘lgan masofa» belgisi bilan o‘rnatiladi.

Shu guruhdagi boshqa belgilar