1.31 «Sun'iy yo'l notekisliklari» belgisi

belgisi qizil hoshiyali oq uchburchak shaklda bo‘lib, uning pastki qismida sun’iy yo‘l notekisligi ko‘ndalang kesimi tasvirlangan. 1.31 «Sun’iy yo‘l notekisligi» belgisi tezlikni ataylab kamaytirish uchun yo‘lda sun’iy notekislik o‘rnatilganligi haqida ogohlantiradi. Shunday vaziyatlar bo‘ladiki, haydovchining tezligini qanday bo‘lmasin kamatirish kerak bo‘ladi. Bu odatda bolalar o‘yin maydonchalari, ta’lim muassasalari, hovli maydonlari yoki piyodalar o‘tish joylari yaqinidagi yo‘llarda talab qilinadi. Buning uchun yo‘llarda sun’iy yo‘l notekisligi – qavariq joy o‘rnatiladi, agar siz undan yuqori tezlikda harakatlanib o‘tmoqchi bo‘lsangiz, mashinaga (va haydovchiga ham) jiddiy zarar yetkazishi mumkin. Agar 1.31 «Sun’iy yo‘l notekisligi» belgisini boshqa masofaga o‘rnatish zarurati bo‘lsa, u notekis joygacha bo‘lgan masofani aniq ko‘rsatgan holda 7.1.1 «Obyektgacha bo‘lgan masofa» belgisi bilan o‘rnatilishi mumkin.