1.28 «Pastlab uchuvchi samolyotlar» belgisi

Ushbu yo‘l belgisi aeroportlar yaqinidan o‘tuvchi yo‘llarning samolyotlar pastlab uchuvchi yo‘l qismlari oldidan, aholi punktlarida 50 -100 metr, aholi punktlaridan tashqarida esa, 150 -300 metr masofada o‘rnatiladi va haydovchilarni qisqa muddatli shovqinlar bo‘lib turishi haqida ogohlantiradi.