7.15 «Ko’zi ojiz piyodalar» belgisi

7.15 Ko’zi ojiz piyodalar
YHQ boʻyicha raqami
7.15
Guruh
Qoʻshimcha axborot taxtachalari

belgisi qora hoshiyali to‘g‘ri to‘rtburchak shaklda. To‘rtburchak markazida qora rangli ko‘zoynak tasvirlangan.

7.15 «Ko‘zi ojiz piyodalar» belgisi svetofor va 1.20, 5.16.1, 5.16.2 «Piyodalar o‘tish joyi» belgilari bilan birgalikda ko‘zi ojiz piyodalar chiqib qolishi mumkin bo‘lgan obyektlarga yaqin joylarda joylashgan piyodalar o‘tish joylari oldida qo‘llaniladi.

7.15 belgisi va 1.20 «Piyodalar o‘tish joyi» ogohlantiruvchi belgisi birgalikda transport vositasi haydovchisiga ma’lum masofadan keyin (aholi punktlarida - 50-100 metrdan keyin va aholi punktlaridan tashqarida - 150-300 metrdan keyin) u ko‘zi ojiz yoki ko‘rish qobiliyati zaif piyodalar tez-tez paydo bo‘lishi mumkin bo‘lgan piyodalar o‘tish joyiga yaqinlashayotganligini ko‘rsatadi.

Agar 7.15 belgisi 5.16.1 va 5.16.2 «Piyodalar o‘tish joyi» belgilari bilan birgalikda haydovchiga aynan shu piyodalar o‘tish joyining chegarasi ekanligini ko‘rsatadi. Yo‘lning bunday qismlarida haydovchi imkoniyati cheklangan piyodalarga imkon qadar e’tiborli va ehtiyotkor bo‘lishi kerak. Gap shundaki, ko‘zi ojiz yoki ko‘rish qobiliyati zaif piyodalar piyodalar majburiyatlariga to‘liq rioya qila olmasliklari mumkin.

Ba’zi insonlarning, afsuski, imkoniyatlari cheklangan bo‘ladi. Masalan, ko‘zi ojiz yoki ko‘rish qobiliyati zaif odamlar. Bunday odamlar yo‘lga chiqishda ko‘rish qobiliyati yaxshi piyodalarga qaraganda ko‘proq xavf ostida bo‘lishadi.

Shu guruhdagi boshqa belgilar